Futbol 17:24 | 05.07.2022

“Chelsi” Tuxelning roziligisiz Ronalduni sotib olmaydi

“Chelsi” murabbiy Tomas Tuxelning roziligisiz Krishtianu Ronalduni sotib olmaydi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Foto: “Rsport.ria.ru”

London klubi xo‘jayini, Marina Granovskaya va Petr Chex klubni tark etganidan so‘ng “aristokratlar”ning sport direktori bo‘lib ishlayotgan Todd Bouli murabbiydan Ronaldu transferi haqida so‘raydi.

Qayd etilishicha, Tuxel Ronalduning iqtidorini yuqori baholaydi. Biroq murabbiy Bouli bilan ehtimoliy transfer masalasini haligacha muhokama qilmagan.

Bir qancha manbalar Tuxel Bouliga Ronaldu bilan shartnoma tuzishda ehtiyotkor bo‘lishni maslahat berishini aytgan. Nemis murabbiyi uchun ustuvor vazifa uchta yangi himoyachi, shuningdek, “Manchester Siti” vingeri Rahim Sterlingni sotib olish.

Tuxel har qanday transferga veto qo‘yish huquqiga ega. Bouli murabbiy klubda ko‘rishni istamagan o‘yinchilar bilan shartnoma imzolamaydi.

Avvalroq Ronaldu oilaviy sharoiti tufayli “Manchester Yunayted” mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Manchester Yunayted” Ronalduga yozda uni qo‘yib yubormasligini ma'lum qilgandi.