Futbol 11:05 | 05.07.2022

“MYu” iyul oyida 5 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

“Manchester Yunayted” iyul oyida 5 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni relalashtirmoqda. Bu haqda “Manchester Evening News” xabar berdi.

Foto: “Forpost-sz.ru”

Manchester klubi “Feyenoord”ning chap qanot himoyachisi Tirel Malasiani sotib olish bo‘yicha kelishib oldi. Shuningdek, klub “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yongning transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erishdi va “Ayaks” markaziy himoyachisi Lisandro Martinesga rasmiy taklif bilan chiqdi.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten xag ham “Ayaks” vingeri Antoni va “Brentford” bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agentga aylangan daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan shartnoma imzolamoqchi.

Qayd etilishicha, transferlar iyul oyida jamoaning Tailand va Avstraliyaga mavsumoldi safari tugaguniga qadar yakunlamoqchi.

Avvalroq Harri Maguayr “Manchester Yunayted”da qolishi ma'lum qilingan. Shuningdek, “Manchester Yunayted” De xea bilan muzokara o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan.