UFC/Boks/MMA 13:48 | 05.07.2022

Oliveyra Volkanovskining chaqirig‘iga javob qaytardi

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra yarimengil vazn chempioni Aleksendr Volkanovskining chaqirg‘iga javob qaytardi. Bu haqda “MMA Mania” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Volkanovski Maks xolloueyga qarshi qarshi jangda o‘z kamarini himoya qildi va ikki vazn toifasida chempionlik kamarlarini birlashtirmoqchi ekanini ta'kidlagandi.

“U juda zo‘r yigit. Bilaman, u o‘z divizionida tarix yaratgan, ammo engil vazn toifasiga o‘tishni orzu qilgan har bir kishi ikki marta o‘ylab ko‘rishi kerak, chunki bu juda og‘ir divizion.

Bizning kurashimiz vaqt masalasidir. Hamma biladi, men Konor Makgregor bilan pul evaziga jang qilmoqchiman, menimcha, Islom Maxachev chempionlik uchun jang qilishdan oldin, hech bo‘lmaganda bir marta yana jang qilishi kerak, deb o‘ylayman.

Endi esa Volkanovski. Hamma men bilan jang qilishni xohlaydi”, — dedi Oliveyra.

Avvalroq Volkanovski o‘z kamarini himoya qilgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Oliveyra Fergyusonga birga mashq qilishni taklif qilgandi.