Futbol 9:50 | 05.07.2022

“PSJ” “Sassuolo” hujumchisi Skamakkani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

“PSJ” “Sassuolo” hujumchisi Janluka Skamakkani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.

Foto: “Acmilanfan.ru”

xabarga ko‘ra, parijliklar “Sassuolo”ning 23 yoshli hujumchisi uchun 50 million evro to‘laydi.

Qayd etilishicha, klublar o‘zaro kelishuvga erishgan. Muzokaralarning so‘nggi bosqichi davom etmoqda.

Avvalroq Neymar va “PSJ” o‘rtasidagi shartnoma avtomatik tarzda 2027 yilgacha uzaytirilgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “PSJ” “Portu” futbolchisi Vitinyaning transferini e'lon qilgandi.