Futbol 17:15 | 05.07.2022

Rasman: “PSJ” Maurisio Pochettinoni iste'foga chiqardi

“PSJ” murabbiyi Maurisio Pochettinoni iste'foga chiqardi. Bu haqda Parij klubi Twitter sahifasida xabar berildi.

Foto: “Football24.ru”

Pochettino 2021 yilning yanvaridan “PSJ”ni boshqarib kelayotgandi va yozda shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirilgandi.

“Klub Maurisio Pochettino va uning xodimlariga qilgan ishlari uchun minnatdorlik bildiradi va ularga kelajakdagi ishlarida omad tilaydi”, deyiladi “PSJ” bayonotida.

Uning o‘rniga “Nitstsa”ni tark etgan Kristof Galte parijliklar murabbiyiga aylandi. “PSJ” “Nitstsa”ga 10 million evro miqdorida Galtening tovon pulini to‘lab beradi.

Avvalroq Pochettino “PSJ”dan 2 million evro bonus puli talab qilayotgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “PSJ” Pochettinoga endi u jamoani boshqarmasligini ma'lum qilgandi.