Futbol 13:17 | 05.07.2022

Yovich tekinga “Fiorentina”ga o‘tishi ma'lum bo‘ldi

“Real Madrid” hujumchisi Luka Yovich tekinga “Fiorentina”ga o‘tishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Foto: “Footboom”

xabarga ko‘ra, “Real Madrid” futbolchining keyingi transfer pulidan 50 foizini oladi. Yovich shu hafta Italiya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

“Real Madrid”, shuningdek, 21 yoshli markaziy himoyachi Mario xilaning “Latsio”ga o‘tishiga rozi bo‘ldi. Transfer summasi 6 million evroni tashkil qiladi. Ispaniyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olindi.

Yovich 2019 yilning iyun oyida Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan “Real Madrid”ga 65–70 million evro evaziga o‘tgan edi. 24 yoshli forvard 2021/22 yilgi mavsumda madridliklar safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq “Real” Yovichni “Fiorentina”ga ijaraga berishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, Luka Yovich dunyoning eng yaxshi hujumchisi kim ekanini aytgandi.