Futbol 10:06 | 18.07.2022

“Navbahor” mashg‘ulotida Jasur Yaxshiboyev va Azim Ahmedov o‘rtasida janjal chiqdi

“Navbahor” mashg‘ulotlari paytida Jasur Yaxshiboyev va jamoa sardori Azim Ahmedov o‘rtasida janjal chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.

Foto: “Navbahor” jamoasi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, janjalda Jasur Yaxshiboyevning qoshi yorilgan. Azim Ahmedov esa mashg‘ulotdan chetlatilgan. Keyinroq jamoa sardori holat yuzasidan tushuntirish berdi.

“‘Navbahor’ning jonkuyar muxlislari, iltimos, meni yomon ko‘rmanglar. Futbolda har xil vaziyat bo‘ladi. Yaxshiboyev bilan sal tortishib qoldik. Hozir hammasi joyida, ko‘rishib, kelishib oldik.

Muxlislar, sizlarni deb jamoada qolganman. Bilasizlar, sizlar uchun ham, yigitlar uchun ham turib berganman. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Kerak bo‘lsa Yaxshiboyev uchun ham turib beraman. Kelishmovchiliklar mashg‘ulotlar tugagach, unutiladi.

xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, — dedi Azim Ahmedov.

Avvalroq Jasur Yaxshiboyev “Navbahor” bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan.