Yangiliklar 10:58 | 01.08.2022

“Osiyo bolalari-2022”. O‘zbekistonlik kurashchi qizlar 3 ta olin medalga ega chiqdi

Rossiyaning Vladivostok shahrida o‘tkazilayotgan “Osiyo bolalari” o‘yinlarida o‘zbekistonlik kurashchi qizlar 3 ta oltin medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Ayollar kurashi bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Shohista Shonazarova (-33 kg), Mashhura Abdumusaeva (-39 kg) va Muhayyo Rahimjonova (-62 kg) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildil.

Shuningdek, Husniobod Sultonnazarova (-52 kg) va Asal Amangeldieva (-66 kg) musobaqaning kumush medalini ko‘lga qiritdi. Bahora Jumaqulova esa (-64 kg) bronza medaliga ega chiqdi.

Avvalroq o‘zbekistonlik stol tennischilar juftlik bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik taekvondochilar 2 ta oltin medal qo‘lga kiritgani ma'lum qilingan.