Uncategorized 14:50 | 02.08.2022

“Chelsi” Kukurelya bilan shartnoma borasida kelishib oldi

“Chelsi” “Brayton” futbolchisi Mark Kukurelya bilan shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, London klubi 24 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishib olgan.

Agar klub “Brayton” bilan kelishuvga erisha olsa, Kukurelya “Chelsi”ning shartnoma taklifini qabul qiladi.

2 avgust kuni “Chelsi” va “Brayton” o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq “Chelsi” Hakim Zieshni “Milan”ga sotishga tayyor ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Chelsi” Alonso va Aspilikuetaning “Barsa”ga o‘tishini bloklab qo‘ygani ma'lum qilingan.