Uncategorized 14:01 | 02.08.2022

“Osiyo bolalari-2022”. O‘zbekistonlik dzyudochilar 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Rossiyaning Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari-2022” sport o‘yinlarida 2 avgust kuni o‘zbekistonlik dzyudochilar 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, erkin kurashchilardan keyin estafetani dzyudochilar davom ettirishdi. Erkin kurashchilar kabi dzyudochilarimiz ham delegatsiya hisobiga 5ta oltin medalini qo‘shib qo‘yishdi.

Oltin:

  • Laziza Haydarova (-40 kg),
  • Farangiz Omonova (-44 kg),
  • Asadbek Misirov (-46 kg),
  • Abdulazizxon Sharofiddinov (-50 kg),
  • G‘iyos Rajabov (-55 kg).

Avvalroq “Osiyo bolalari” o‘yinlarida o‘zbekistonlik kurashchi qizlar 3 ta oltin medal qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, stol tennischilar bronza medalini qo‘lga kiritgan.