Yangiliklar 10:02 | 03.08.2022

Oybek Muzaffarov O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasiga ijrochi direktor etib tayinlandi

Oybek Muzaffarov O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasiga ijrochi direktor etib tayinlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, 2 avgust kuni Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiev rahbarligida federatsiyaning navbatdan tashqari saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, konferentsiyada sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, mutaxassislar, murabbiylar, sportchilar, hakamlar, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliqlari (videokonfrentsaloqa platformasi orqali) ishtirok etdi.

Ta'kidlanishicha, konferentsiyada federatsiya bosh kotibi lavozimiga Sherzod Pardaev, ijrochi direktor lavozimiga esa Oybek Muzaffarovning nomzodlari ko‘rsatildi va ushbu mutaxassislar konferentsiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan yangi lavozimga saylanishdi.

Avvalroq Sherzod Kudbiev Stol tennisi federatsiyasiga rais etib saylangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik stol tennischi xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgani ma'lum qilingan.