Yangiliklar 13:35 | 03.08.2022

“Osiyo bolalari-2022”. O‘zbekiston delegatsiyasi yana 14 ta medal qo‘lga kiritdi

Rossiyaning Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari-2022” sport o‘yinlarida 3 avgust kuni o‘zbekistonlik sportchilar 14 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, medallarning 3 tasi oltin, 3 tasi kumush va 8 tasi bronza hisoblanadi.

O‘zbekistonlik sambochilar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi esa 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Plyaj voleyboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq o‘zbekistonlik dzyudochilar 5 ta medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan.