Yangiliklar 18:07 | 03.08.2022

O‘zbekiston “ArMI-2022” o‘yinlarining 5 ta yo‘nalishiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston “ArMI-2022” xalqaro armiya o‘yinlarining 5 ta yo‘nalishiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

xabarga ko‘ra, “ArMI-2022” o‘yinlari 2022 yilning 13 avgustidan 27 avgust kuniga qadar dunyoning 12 ta davlati hududida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston mazkur VIII xalqaro armiya o‘yinlarining 20 ta yo‘nalishida ishtirok etadi. 34 ta yo‘nalishni qamrab olgan musobaqada 37 ta davlatdan 275 ta jamoa o‘zaro bellashadi.

xususan, O‘zbekistonda birinchi marta musobaqalarning 5 ta yo‘nalishi bo‘lib o‘tadi. Jizzaxdagi “Forish” poligonida “Dala oshxonasi” va “Qurolsoz usta” musobaqalari, Samarqanddagi “Sazagan” poligonida “xavfsiz muhit”, Sharqiy harbiy okrugda “Yo‘l patruli” va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Sodiq do‘st” musobaqasi o‘tkaziladi.

Avvalroq o‘zbekistonlik harbiy hizmatchilar “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” musobaqasida 2-o‘rinni olgani haqida xabar berilgan.