Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
Dzyudo bo‘yicha Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida Diyora Keldiyorova chempion bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabarga ko‘ra, -52 kilogramm vaznda ishtirok etgan Keldiyorova finalda yaponiyalik Ai Shishimeni mag‘lub etdi va ikkinchi bor Osiyo chempioni bo‘ldi.
Shuningdek, musobaqaning 1-kunida yana 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi Muhriddin Tilovov va Nilufar Ermagambetova bronza medaliga ega chiqdi.
Avvalroq o‘zbekistonlik dzyudochilar “Osiyo bolalari” musobaqasini 1-o‘rinda yakunlagani haqida xabar berilgan.