Rossiyaning Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari-2022” sport o‘yinlarida o‘zbekistonlik dzyudochilar 13 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabarga ko‘ra, O‘zbekiston dzyudo jamoasi musobaqani umum jamoa hisobida 1-o‘rinda yakunladi. Terma jamoa vakillari 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Dzyudo musobaqalarining so‘nggi kunida og‘ir vaznli sportchilar 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi yana 14 ta medal qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik dzyudochilar 5 ta medalni qo‘lga kiritgani haqida ma'lum qilingan.