O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan “So‘g‘diyona”–“Paxtakor” o‘yini Jizzaxda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Professional futbol ligasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Superligasi 11-turi qoldirilgan o‘yini test imtihonlari o‘tkazilishi sabab Jizzaxlan Olmaliq shahriga ko‘chirilgan edi.
Biroq 6 avgustda test imtihonlari boshlanmasligi sababli o‘yin Jizzax shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Shunday qilib Superliga 11-turidan qoldirilgan “So‘g‘diyona”–“Paxtakor” o‘yini 6 avgust euni soat 19:00 da Jizzax shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq 11-turning qoldirilgan o‘yinlari qachon bo‘lib o‘tishi e'lon qilingandi.