Futbol 15:50 | 04.08.2022

xavi “Barsa” Aspilikueta bilan shartnoma imzolashini xohlamoqda

“Barselona” murabbiyi xavi klub “Chelsi” himoyachisi Sesar Aspilikueta bilan shartnoma imzolashini xohlamoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Foto: “Newsportbox.com”

xabarga ko‘ra, “Barselona” futbolchining nafaqat o‘ng qanotda, balki chap va markaziy himoyada ham o‘ynay olishini qadrlaydi. Shuningdek, katalon klubi futbolchining tajribasiga tayanish niyatida.

Qayd etilishicha, Aspilikuetaning o‘zi ham “Barselona”ga o‘tmoqchi va buni “Chelsi” rahbariyatidan talab qilmoqda.

Kataloniya klubi transfer bo‘yicha taklif bilan chiqqan. “Barsa” himoyachi uchun 3 million evro berishga tayyor, ammo klub futbolchi uchun taklifni oshirishi mumkin.

Avvalroq “Barselona” Aspilikueta bilan shartnoma imzolasa, Destni sotishi mumeinligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Chelsi” Alonso va Aspilikuetaning “Barselona”ga o‘tishini bloklab qo‘ygani ma'lum qilingan.