Futbol 9:21 | 05.08.2022

Rasman: Aspilikueta “Chelsi” bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi

“Chelsi” himoyachisi Sesar Aspilikueta jamoa bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirdi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: Twitter

Qayd etilishicha, jamoa safida 2012 yildan beri harakat qilib kelayotgan futbolchi yana 2 mavsumni “Chelsi”da o‘tkazadi.

“Sesarning ‘Chelsi’da yana kamida ikki yil qolishidan juda xursandmiz. Kapitanimiz yana bir bor ibratli sodiqlik va etakchilikni namoyish etganidan xursandmiz. Hali birga qiladigan ishlarimiz juda ko‘p!”, — dedi “Chelsi”ning egasi Todd Bouli.

Avvalroq xavi “Barselona” Aspilikueta bilan shartnoma imzolashini xohlayotgani haqida xabar berilgan.