Futbol 16:38 | 05.08.2022

Rasman: “Chelsi” Mark Kukurelya transferini e'lon qildi

“Chelsi” “Brayton” himoyachisi Mark Kukurelyaning transferini e'lon qildi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Chelseafc.com”

xabarga ko‘ra, futbolchi London klubi bilan 6 yillik shartnoma imzolagan. “Chelsi” “Brayton”ga 55+7 million evro to‘laydi.

“Men juda xursandman. Dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga o‘tish men uchun katta imkoniyat. Bu erda o‘zimni baxtli his qilish va jamoaga yordam berish uchun ko‘p mehnat qilaman”, — dedi Kukurelya.

Avvalroq “Chelsi” Kukurelya uchun 50 million funt taklif qilgani haqida xabar berilgan.