Yangiliklar 14:58 | 05.08.2022

Shaxmat Olimpiadasida chempion bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga 600 mln so‘m mukofot puli beriladi

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida chempion bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga 600 million so‘m mukofot puli beriladi. Bu haqda Prezident qarori imzolandi.

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoev shaxmatni tizimli rivojlantirish bo‘yicha imzolagan qarorga ko‘ra, Butunjahon shaxmat Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan shaxmatchilar 300 million so‘m, bronza medaliga ega chiqqan shaxmatchilar esa 150 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shaxmatchilarning murabbiylariga ham odtin medal uchun 300 million so‘m, kumush medali uchun 150 million so‘m va bronza medali uchun 75 million so‘m pul mukofoti beriladi.

Shuningdek, Navoiy viloyatida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari davlat sport-ta'lim muassasasi hisoblangan xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi.

Avvalroq shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynagani haqida xabar berilgan.