UFC/Boks/MMA 11:03 | 06.08.2022

“Osiyo bolalari-2022”. O‘zbekistonlik bokschilar 100 foizlik natija qayd etdi

Rossiyaning Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari-2022” sport o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar 100 foizlik natija qayd etdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

“Osiyo o‘yinlari” musobaqasida boks bahslariga yakunlandi. Yigitlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda 13 nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etdi va ularning barchasi shohsupaga ko‘tarilib, 100 foizlik natija ko‘rsatdi.

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin medal:

  • -46 kilogramm: Sobir Tastanov
  • -48 kilogramm: Ilhom Ergashev
  • -54 kilogramm: Mironshoh Norqosimov
  • -60 kilogramm: Farruh To‘laganov
  • -66 kilogramm: Muhammadaziz Ismoilov
  • -70 kilogramm: Abbos Abdurahimov

Kumush medal:

  • -63 kilogramm: Abdulloh Tohirov

Bronza medal:

  • -50 kilogramm: Samandar Olimov
  • -52 kilogramm: Nodir Allabergenov
  • -57 kilogramm: Ozod Tojiboyev
  • -75 kilogramm: Temur Abduvahobov
  • -80 kilogramm: Rahmon Qodirov
  • +80 kilogramm: Halim Mamasoliev

Avvalroq o‘zbekistonlik dzyudochilar musobaqani 1-o‘rinda yakunlagani haqida xabar berilgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik kurashchi qizlar 3 ta olin medalga ega chiqqani ma'lum qilingan.