Futbol 17:25 | 06.08.2022

Levandovski “Barsa”ga o‘tishi faoliyatidagi mantiqiy qadam ekanini aytdi

“Barselona” futbolchisi Robert Levandovski katalon klubiga o‘tishi faoliyatidagi mantiqiy qadam ekanini aytdi. Bu haqda “AS” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

Polshalik futbolchi “Bavariya”dan ketish unga qiyin bo‘lganini ta'kidladi.

“Ammo men va oilam uchun ‘Barselona’ga o‘tish faoliyatimdagi keyingi mantiqiy qadam ekanini bilardim. Biz buni haqiqatga aylantirish uchun ko‘p harakat qildik. Men bundan faxrlanaman.

Men ko‘p yillarni juda yuqori darajada o‘tkazdim. Men yoshimni ijobiy omil deb bilaman, chunki bu menga tajriba beradi.

Men hali ham g‘alabalarga erishmoqchiman, mening mentalitetim ko‘p mehnat qilishdir”, — dedi Levandovski.

Avvalroq Levandovskining “Barselona”dagi taqdimot marosimi noma'lum muddatga qoldirilgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Peres “Barselona”ni Levandovskining transferi bilan tabriklagani ma'lum qilingan.