Futbol 18:39 | 06.08.2022

APL. “Liverpul” ilk turda ochko yo‘qotdi

Angliya Premer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan “Fulhem” va “Liverpul” o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Foto: “Getty Images”

Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. “Fulhem” safida Mitrovich dublga erishgan bo‘lsa, “Liverpul”dan Nunes va Salah gol urdi.

Oldinroq 1-turning ilk o‘yinida “Arsenal” “Kristal Pelas”ni mag‘lub etgandi.

Avvalroq “Liverpul” o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘lgani haqida xabar berilgan.