Futbol 21:18 | 06.08.2022

“Hakam hisobni tenglashtirdi” — “Paxtakor” matbuot xizmati

O‘zbekiston Superligasining 11-turi qoldirilgan o‘yinida “So‘g‘diyona” “Paxtakor” bilan durang o‘ynadi.

Foto: “Paxtakor” jamoasi matbuot xizmati

Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Gollarni birinchi bo‘limda “Paxtakor”dan Sobirxo‘jaev va Cheran kiritdi. Unga “So‘g‘diyona”dan Kolakovich javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim 104 daqiqa davom etdi va so‘nggi daqiqada Shohruz Norxonov penaltidan gol urib durang natijani ta'minladi.

“Paxtakor” matbuot xizmati esa holatni “Hakam hisobni tenglashtirdi”, deya izohladi.