Futbol 9:57 | 06.08.2022

Sadio Mane Bundesligadagi debyut o‘yinida gol urdi

Germaniya Bundesligasi 1-turidan o‘rin olgan “Bavariya” va “Ayntraxt” o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Getty Images”

O‘yinda “Bavariya” “Ayntraxt”ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Sadio Mane Bundesligadagi debyut golini kiritdi.

Oldinroq Mane “Bavariya” safidagi ilk rasmiy o‘yinida ham gol urgandi. Unda myunxenliklar Germaniya Superkubogida “Leyptsig”ga qarshi maydonga tushib, g‘alaba qozongandi.

Avvalroq Sadio Mane “Bavariya”da 17-raqamda o‘ynashi ma'lum qilingandi. Shuningdek, Mane “Liverpul”dagi eng yodda qolarli lahzasi haqida gapirgandi.