Yangiliklar 18:56 | 06.08.2022

Qarshida sportchi yigitning jasadi suvdan topilgani bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 14 iyul kuni 23 yoshli sportchi yigitning jasadi suvdan topilgani haqida xabar berilgandi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Foto: Telegram / @qitmirmuxbir

Qayd etilishicha, Qarshi magistral kanalidan 1999 yilda tug‘ilgan K.I. ning jasadi topilgani holati yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ish bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Marhumning akasi Dilshod Karimovga ko‘ra, ukasi o‘ldirib ketilgan bo‘lishi mumkin. Yigitning jasadi Qarshi magistral kanalidan akasi tomonidan topilgan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatida sport ustasi Elbek Rahimov o‘z uyida o‘ldirib ketilgani xabar qilingandi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot bergandi.