UFC/Boks/MMA 13:44 | 06.08.2022

Rasman: Isroil Adesanya Aleks Pereyraga qarshi jang qiladi

O‘rta vazn chempioni Isroil Adesanya UFC 281 doirasida Aleks Pereyraga qarshi jang qiladi. Bu haqda UFC xabar berdi.

Foto: “Rsport.ria.ru”

xabarga ko‘ra, jang Nyu-York shahridagi “Medison-Skver-Garden”da bo‘lib o‘tadi.

Adesanya o‘rta vazndagi chempionlik kamarini besh marta himoya qilgan. Pereyra ham UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularda ikkitasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan.

Oldinroq jangchilar kikbokschilar sifatida ringga ko‘tarilgan va ikkala jangda ham Aleks Pereyraning qo‘li baland kelgan.

Avvalroq Chimaev o‘rta vazn chempioni Adesanya haqida fikr bildirgandi. Shuningdek, Adesanya Uittakerni mag‘lub etgani haqida xabar berilgan.