Futbol 23:23 | 06.08.2022

Serra-Leonelik futbolchi to‘yiga o‘zining o‘rniga akasini yubordi

Serra-Leonelik futbolchi Muhammad Buyya Turey to‘yiga o‘zining o‘rniga akasini yubordi. Bu haqda “Aftonbladet” xabar berdi.

Foto: “Slovodel.com”

xabarga ko‘ra, futbolchi “Malmyo” klubi bilan shartnoma imzolash uchun o‘z to‘yini o‘tkazib yuborishga qaror qilgan va akasidan kuyov rolini o‘ynashni so‘ragan.

“Malmyo” futbolchidan muddatidan bir kun oldin kelishini so‘ragan, futbolchi esa turmush qurayotganini aytmagan. U to‘y fotosessiyasini oldindan o‘tkazgan.

“Men bilan qiziq bir holat yuz berdi: biz Suad bilan turmush qurganmiz, lekin men uni hali xotin sifatida ko‘rmaganman. Hozir men uni Shvetsiyaga ko‘chirish ustida ishlayapman, shuningdek, oldingi munosabatlarimdagi uch yoshli qizimni ham”, — dedi 27 yoshli futbolchi.

Hujumchi 2021/22 yilgi mavsumni xitoy chempionatining “xenan Sunshan Lunmen” jamoasida o‘tkazgan.