Futbol 12:34 | 06.08.2022

UEFA “Fenerbaxche” jamoasini muxlislarning nojo‘ya xatti-harakatlari uchun jazoladi

UEFA “Fenerbaxche” jamoasini Evropa chempionlar ligasi saralash o‘yinidagi muxlislarning nojo‘ya xatti-harakatlari uchun jazoladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “News.sportbox.ru”

“Fenerbaxche” Evropa chempionlar ligasi saralashi doirasida Ukrainaning “Dinamo Kiev” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Unda Turkiya jamoasi muxlislari o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng “Putin” deya hayqirdi.

UEFA “Fenerbaxche” muxlislarning nojo‘ya xatti-harakatlari uchun jamoaga 50 ming evro miqdorida jarima soldi. Shuningdek, shartli ravishda xalqaro maydondagi 1 o‘yinni cheklangan tomoshabinlar bilan o‘tkazish sharti qo‘yildi.

Avvalroq futbol bo‘yicha Ukraina chempionati 23 avgust kuni boshlanishi haqida xabar berilgan. Shuningdek, FIFA Ukraina uchun 1 million dollar va dori-darmon jo‘natishi ma'lum qilingan.