Futbol 22:45 | 07.08.2022

APL. “Man.Siti” Holandning dubli evaziga musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Angliya Premer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan “Vest Hem”–“Manchester Siti” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Getty Images”

Unda amaldagi chempion “Manchester Siti” 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkala golni ham Premer-ligada debyut qilgan Erling Holand kiritdi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” “Brayton”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Lester”–“Brentford” o‘yinida esa 2:2 hisobida durang qayd etildi.

Avvalroq “Liverpul” ilk turda ochko yo‘qotgani haqida xabar berilgan.