UFC/Boks/MMA 9:15 | 07.08.2022

Bektemir Meliqo‘ziev raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi — video

AQShning Texas shtatida supero‘rta vazndagi bokschilar Bektemir Meliqo‘ziev va bosniyalik Sladan Yanyanin o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Getty Images”

Bektemir Meliqo‘ziev 10 raundga mo‘ljallangan jangning 3 raundida jang to‘xtatildi texnik nokaut qayd etilib, Meliqo‘ziev hisobiga g‘alaba yozildi.

Bu o‘zbekistonlik jangchining professional boksdagi 10-g‘alabasi bo‘ldi. Meliqo‘ziev janglarining 8 tasini nokaut bilan yakunlagan.

Avvalroq Bektemir Meliqo‘ziev perulik raqibini nokautga uchratgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Bektemir Meliqo‘ziev perulik raqibiga qarshi jang oldidan “face to face” marosimida qatnashgani ma'lum qilingan.