Boshqa sport turlari 20:01 | 07.08.2022

O‘zbekiston erkaklar shaxmat jamoasi musobaqa peshqadamini mag‘lubiyatga uchratdi

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.

Foto: Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Bahsda Javohir Sindorov va Jahongir Vohidov g‘alaba qozondi, Nodir Yoqubboyev va Nodir Abdusattorov raqiblari bilan durang o‘ynadi. Umumiy hisob 3:1 ko‘rinishini oldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi turnir jadvali peshqadamiga aylanib oldi.

Avvalroq Shaxmat Olimpiadasida chempion bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga 600 million so‘m mukofot puli berilishi haqida xabar qilingan. Shuningdek, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynagandi.