Futbol 16:11 | 07.08.2022

“Sevilya” Isko bilan shartnoma imzolanishini e'lon qildi

“Sevilya” “Real Madrid”ni tark etgan Isko bilan shartnoma imzolanishini e'lon qildi. Bu haqda Andalusiya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Shampionat.com”

xabarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi “Sevilya”da tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda 2 yil muddatga shartnoma imzolanadi.

Qayd etilishicha, futbolchi Sevilya shahriga etib borgan. Tibbiy ko‘rik 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Isko “Real Madrid”da 2013 yildan beri o‘ynab kelayotgandi. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoadan ketayotganini e'lon qilgandi.

Avvalroq “Roma” Iskoga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Betis” Iskoga 2 yillik shartnoma taklif qilgandi.