Futbol 11:37 | 07.08.2022

Shomurodov ijara asosida “Bolonya”ga o‘tishga yaqin turibdi

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov ijara asosida “Bolonya”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Nikola Skira xabar berdi.

Foto: “Sport-express.ru”

xabarga ko‘ra, Eldor Shomurodov “Bolonya” safida ma'lum shartlar bajarilsa, sotib olish sharti bilan 1 yil ijara asosida harakat qiladi.

Qayd etilishicha, “Bolonya” o‘zbekistonlik futbolchini sotib olsa uning transfer narxi 10 million evroni tashkil qiladi. Shomurodov “Bolonya” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Avvalroq Shomurodov “Bolonya”ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Eldor Shomurodovga “Fiorentina” qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingan.