Futbol 10:28 | 07.08.2022

Tuxel Alonsoning “Chelsi”dan ketishini tasdiqladi

“Chelsi” murabbiyi Tomas Tuxel jamoa himoyachisi Markos Alonsoning klubdan ketayotganini tasdiqladi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Foto: “Odds.ru”

Ispaniyalik himoyachi “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi.

“Ha, Markos ketishni so‘radi va biz rozi bo‘ldik. Bugun uni maydonga qo‘yib tushurish mantiqsizlik bo‘lardi”, — dedi Tuxel “Everton”ga qarshi o‘yindan keyin.

“Chelsi” Angliya Premer-ligasining 1-turida “Everton”ga qarshi o‘yin o‘tkazib, Jorjinoning penaltidan kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi.

Avvalroq Markos Alonso va “Barselona” shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Barselona” Markos Alonsoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani ma'lum qilingan.