Futbol 16:42 | 08.08.2022

“Barsa” de Yong, Buskets va Pikening maoshini qisqartirish ustida ishlamoqda

“Barselona” futbolchilari Frenki de Yong, Serxio Buskets va Jerar Pikening maoshini qisqartirish ustida ishlamoqda. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.

Foto: “Shampionat.com”

xabarga ko‘ra, “Barselona” yangi futbolchilari Levandovski, Rafinya, Kristentes, Kessie, Kundeni, shuningdek, shartnoma azytirilgan Dembele va Robertoni 5 kun ichida La Liga startigacha ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Futbolchilar ayni paytda maydonga tusha olmaydi.

Yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Barselona” Frenki de Yong, Serxio Buskets va Jerar Pikening maoshini qisqartirmoqchi.

Shu bilan birga, “Barselona” bir nechta o‘yinchilari bilan xayrlashishi kerak. Kataloniyaliklar Martin Breytueyt va Memfis Depaydan qutulish niyatida. Shuningdek, “Barselona” Niko Gonsales va Aleks Balde bilan xayrlashishi mumkin, ammo ularning ketishi hozircha muhim qadam emas. Ularning kelajagi “Manchester Siti”dagi yarim himoyachi Bernardu Silvaning ehtimoliy transferiga bog‘liq.

Avvalroq xavi “Barselona” Aspilikueta bilan shartnoma imzolashini xohlayotgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Barselona” Markos Alonso transferiga jiddiy qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingan.