Futbol 10:01 | 08.08.2022

“Barsa” qatorasiga 10-marta Gamper kubogi g‘olibi bo‘ldi

“Barselona” qatorasiga 10-marta yangi mavsum oldidan o‘tkaziladigan Gamper kubogida g‘olib chiqdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

“Barselona” Gamper kubogida Meksikaning “Pumas” jamoasi bilan o‘yin o‘tkazdi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Kataloniya klubi bu kubokni qatorasiga 10-marta qo‘lga kiritdi. Bungacha jamoa 2012 yilda “Sampdoriya”ga mag‘lub bo‘lgan.

“Ko‘k-anorranglilar” 57 ta marta o‘tkazilgan kubokning 45 tasida g‘alaba qozongan. Ikkinchi o‘rindagi Kyoln hisobida 2 ta g‘oliblik bor.

Avvalroq o‘rtoqlik uchrashuvida “Barselona” “Yuventus” bilan durang o‘ynagani haqida xabar berilgan.