Yangiliklar 13:12 | 08.08.2022

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2026 yilda 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa'dullaev xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, 2026 yilda o‘tkaziladigan navbatdagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, 45-shaxmat Olimpiadasi Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ishtirok etmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston erkaklar shaxmat jamoasi musobaqa peshqadamini mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar berilgan.