Futbol 11:06 | 08.08.2022

Kavani La Liga klubiga o‘tishni xohlamoqda

“Manchester Yunayted”ni tark etgan Edinson Kavani La Liga klubiga o‘tishni xohlamoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Foto: “ESPN”

xabarga ko‘ra, futbolchining oilasi ham Kavani Ispaniyaga o‘tishini xohlamoqda.  Qayd etilishicha, uragvaylik futbolchining “Boka xuniors”ga oilaviy sharoiti tufayli o‘tmadi.

Ma'lumotu uchun, futbolchiga “Vilyarreal” va “Valensiya” klublaridan qiziqish bo‘lgan. Kavani yangi klubi borasida hali bir qarorga kelmadi.

Avvalroq Edinson Kavani yozda “Manchester Yunayted”ni tekinga tark etishi haqida xabar berilgan. Shuningdek, Braziliya klubi Kavani va Suaresga qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingan.