Futbol 17:53 | 08.08.2022

“MYu” Rabo transferi bo‘yicha “Yuventus” bilan kelishuvga erishdi

“Manchester Yunayted” Adrian Rabo transferi bo‘yicha “Yuventus” bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Manchester Evening News” xabar berdi.

Foto: “Juventus.com”

xabarga ko‘ra, klublar 27 yoshli yarim himoyachini 15 million funt sterling (17,8 million evro) evaziga transfer qilishga kelishib oldi. Bu miqdor bonuslar hisobiga 20 million funt (23,8 million evro)gacha oshishi mumkin.

“Manchester Yunayted” hali futbolchi va uning agenti bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmadi. Ma'lumot uchun, futbolchining agenti vazifasini uning onasi Veronika bajaradi.

Futbolchining “Yuventus” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsumda klub safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.

Avvalroq “Manchester Yunayted” oxirgi marta “Ayaks” futbolchisi Antonini sotib olishga urinib ko‘rishi haqida xabar berilgan.