Futbol 14:18 | 08.08.2022

“Neftchi”–“Paxtakor” uchrashuvi Yaypan shahrida o‘tkaziladi

O‘zbekiston Superligasi 15-turidan o‘rin olgan “Neftchi”–“Paxtakor” uchrashuvi Yaypan shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “AGMK” futbol klubi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, oldinroq bellashuvga Farg‘onadagi “Istiqlol” arenasi mezbonlik qilishi ma'lum qilingan. Biroq 8 avgust tongida Professional futbol ligasi komissiyasi “Istiqlol” stadioniga qayta tashrif buyurdi hamda stadionni o‘yin oldidan o‘rganib chiqib, talab darajasidagi ba'zi masalalarda kechikish mavjud ekanini aniqladi.

Shuningdek, maydon bo‘yicha mutaxassislar fikriga ko‘ra, maysa o‘nglab olinishi uchun ham yana vaqt kerak. Qayd etilishicha, Professional futbol ligasi o‘yinni Yaypan shahriga ko‘chirdi.

“‘Neftchi’ muxlislari ‘Istiqlol’ stadioni masalasida ‘Istiqlol’ stadioni xodimlarini savolga tutishlari to‘g‘riroq bo‘ladi. Biz uchrashuvni Farg‘onada o‘tkazishni istadik, hamma istadi. Ammo chim istamayotgan bo‘lsa, bunga biz javobgar emasmiz”, — dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Avvalroq “Surxon” o‘z maydonida “Neftchi” bilan durang o‘ynagani haqida xabar berilgan.