Yangiliklar 4:10 | 08.08.2022

O‘zbekistonlik engil atletikachi qiz jahon chempioni bo‘ldi

Kolumbiyaning Kali shahrida engil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U-20) Jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Bu haqd Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati

Unda uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik 15 yoshli Sharifa Davronova 14,02 metr natija bilan g‘alaba qozondi.

U eng yaqin ta'qibchisini 66 santimetrga ortda qoldirdi. Shuningdek, uning natijasi U-20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.