Futbol 19:54 | 08.08.2022

O‘zbekistonlik shaxmatchilar Hindiston-2 jamoasi bilan durang o‘ynadi

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston-2 bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Uchrashuvda Nodir Yoqubboyev va Jahongir Vohidov raqiblari bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Javohir Sindorov mag‘lubiyatga uchradi.

Nodir Abdusattorov esa musobaqa davomida hali mag‘lub bo‘lmagan Gukesh Dommaramjuni yutib, durang natijani ta'minladi.

Avvalroq Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi haqida xabar berilgan.