Futbol 13:57 | 09.08.2022

Vadim Abramov “Dinamo”ga bosh murabbiy etib tayinlandi

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi Vadim Abramov “Dinamo”ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Samarqand klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Dinamo” jamoasi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, 9 avgust kuni “Dinamo” klubida jamoa rahbariyati va a'zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, Andrey Shipilov Superligadagi qoniqarsiz natijalari sababli o‘z arizasiga binoan klub bilan xayrlashgan. Klub rahbariyati va homiylari yangi bosh murabbiy sifatida O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi Vadim Abramov taklif etilganini e'lon qilib, futbolchilarga rasman tanishtirdi.

Ma'lumot uchun, 59 yoshli mutaxassis hozirga qadar “Traktor”, “Lokomotiv”, “Neftchi”, “Bunyodkor” klublari, O‘zbekiston olimpiya va milliy jamoasida faoliyat yuritgan. Vadim Karlenovich 2019–2021 yillar davomida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgandi.

Avvalroq Vadim Abramov Shomurodov to‘g‘risida fikr bildirgandi.