Futbol 12:54 | 09.08.2022

“Inter” va Aleksis Sanches o‘zaro shartnomani bekor qildi

“Inter” futbolchisi Aleksis Sanches bilan o‘zaro shartnomani ikki tomon kelishuviga ko‘ra bekor qildi. Bu haqda “rossonerilar” rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Daily Advent”

Aleksis Sanches 2019-yildan beri “Inter” klubida o‘ynab kelmoqda. U jamoa bilan Italiya chempioni, Italiya kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, “Inter”ni tark etgan Sanches Frantsiyaning “Marsel” jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Avvalroq xavi Sanches taklifini rad etgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Inter” Sanchesni boshqa jamoaga sota olmayotgani ma'lum qilingan.