Yangiliklar 11:04 | 09.08.2022

Konya-2021. Ulug‘bek Rashitov va Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘ladi

Konya shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom birdamligi o‘yinlarining ochilish marosimida Ulug‘bek Rashitov va Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘ladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, 9 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarining ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasini taekvondo bo‘yicha Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov va qilichboz Zaynab Dayibekova maydonga boshlab chiqadi.

Ma'lumot uchun, V Islom birdamligi o‘yinlarining ochilish marosimi 9 avgust kuni soat 22:00 da start oladi.

Avvalroq Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Zaynab Dayibekova ikkinchi bor Jahon kubogida g‘alaba qozongani ma'lum qilingan.