Boshqa sport turlari 14:19 | 09.08.2022

O‘zbekiston erkaklar jamoasi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi so‘nggi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Niderlandiyani mag‘lub etdi.

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Nodir Yoqubboyev Yorden van Foreest bilan, Nodir Abdusattorov Giri Anish bilan durang o‘ynadi. Javohir Sindorov ham durang qayd etdi. Jahongir Vohidov esa g‘alaba qozonib, O‘zbekistonga so‘nggi turda ham g‘alaba keltirdi. Umumiy hisob — 2,5:1,5.

Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioniga aylandi.

Avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchilar Hindiston-2 jamoasi bilan durang o‘ynagani haqida xabar berilgan.