Futbol 18:41 | 09.08.2022

O‘zbekiston Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi mumkin

O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari noyabr oyida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “Metaratings.ru” xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati

xabarga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Rossiya futbol ittifoqi haqiqatdan ham terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuv noyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Biroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Rossiya bilan o‘yin o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan.

Avvalroq O‘zbekiston yangilangan FIFA reytingida yuqorilagani haqida xabar berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, Osiyo kubogiga yo‘l olgani ma'lum qilingan.