Futbol 10:10 | 09.08.2022

Rasman: “Borussiya D” 34 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Dortmundning “Borussiya”si 34 yoshli “Kyoln” futbolchisi Antoni Modeste bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Vvb.de”

xabarga ko‘ra, Modest moyak saratoni tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan Sebastyan Allerning o‘rniga jamoaga taklif etilgan.

Ma'lumot uchun, futbolchi Bundesligada o‘ynash tajribasiga ega. U “Kyoln”dan tashqari “xoffenxaym”da ham to‘p surgan.

Avvalroq “Borussiya D” “Ayaks”dan Sebastyan Allerni sotib olgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Borussiya D” “Manchester Siti”ning 19 yoshli futbolchisini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgani haqida xabar berilgan.