Futbol 11:33 | 10.08.2022

“Barsa” “El-Klasiko”dan avval Madridda o‘z do‘konini ochmoqchi

“Barselona” “Real Madrid”ga qarshi o‘yindan avval Madrid shahrida o‘z do‘konini ochmoqchi. Bu haqda “Managing Barsa” xabar berdi.

Foto: “Varcelonatm.ru”

Jurnalist Jerar Romeroning xabara berishicha, “Barselona” vakillari Madrid shahrida klubning rasmiy do‘konini ochishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot uchun, Ispaniya chempionati doirasidagi “El-Klasiko” 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq “Real”ning Madriddagi do‘konida o‘g‘rilik sodir etilgani haqida xabar berilgan.